O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Yaponiyaga yutqazdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Yaponiyaga yutqazdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Yaponiyaga yutqazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Yaponiya yoshlar jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

O‘yin yaponiyalik futbolchilarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol 31-daqiqada kiritildi.

Jamoalar 30 mart kuni yana maydonga tushib, o‘rtoqlik o‘yinlari seriyasini davom ettiradi. Ushbu uchrashuvlar orqali tomonlar rasmiy musobaqalar oldidan o‘z o‘yin strategiyasi va tayyorgarlik darajasini baholash imkoniga ega bo‘ladi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling