O‘zbekiston va Xitoy Andijon viloyatida turar-joy majmuasi qurilishini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari Ilzat Kasimov Xitoy Xalq Respublikasining Szyansi provinsiyasi tadbirkorlar uyushmasi ijrochi raisi, Gʻarbiy Szyansi tadbirkorlar ittifoqi raisi, Szyansi viloyati savdo-sanoat palatasi raisi Fan Yuxu boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvda Andijon viloyatining Yangi Andijon shahrida 55 gektar maydonda qiymati 250 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Loyihada 3000 dan ortiq turar-joy xonadonlari, mehmonxona, restoranlar, savdo markazi va aholi uchun istirohat bog‘i barpo etish rejalashtirilgan. 500 ta yangi doimiy ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.