O'zbekiston transport infratuzilmasi va aviatsiya texnologiyalari sohasida JBIC va ITOCHU bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
O'zbekiston transport infratuzilmasi va aviatsiya texnologiyalari sohasida JBIC va ITOCHU bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 16-fevral kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilxom Abdugafarov "Yaponiya xalqaro hamkorlik banki" (JBIC) va ITOCHU kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Xususan, Uchrashuvda respublika hududidagi navigatsiya uskunalarini yangilash hamda mutaxassislarning malakasini oshirish, parvozlarni radiotexnik ta’minlash uskunalarini modernizatsiya qilish loyihasini moliyalashtirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha doirasida ko‘zda tutilgan jarayonlarni jadallashtirishga kelishdi.