Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston senatori MDH PA komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyev videokonferensiya shaklida o‘tgan MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar Assambleya doirasida ishlab chiqilgan, aʼzo davlatlar o‘rtasida sohaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan namunaviy qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Muhokamalar yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.