Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan Global Gateway forumi doirasida Yevropa Ittifoqining qator yuqori darajadagi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

U Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan muloqot qildi. Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida bu uchrashuvdan mamnun ekanini va O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga ishonchini bildirdi.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar global va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, ayniqsa Markaziy Osiyodagi jarayonlarga alohida eʼtibor qaratdilar.

Muhokama davomida geosiyosiy vaziyatning murakkabligiga qaramasdan, mintaqa va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Kayya Kallasga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklikni yana-da chuqurlashtirish yo‘lidagi keyingi qadamlarni intiqlik bilan kutayotganini taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling