Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston Markaziy banki to‘rtta tijorat bankining litsenziyalarini yangiladi

O‘zbekiston Markaziy banki to‘rtta tijorat bankining litsenziyalarini yangiladi

O‘zbekiston Markaziy banki to‘rtta tijorat bankining litsenziyalarini yangiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvi toʻrtta tijorat bankining litsenziyalarini yangiladi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati.

“Smart bank” aksiyadorlik jamiyatining nomi “Open bank” aksiyadorlik jamiyatiga va joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi munosabati bilan unga berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qayta rasmiylashtirildi.

“Hayot bank” aksiyadorlik jamiyatining joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi munosabati bilan unga berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qayta rasmiylashtirildi.

“Anor bank” aksiyadorlik jamiyatining joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi munosabati bilan unga berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qayta rasmiylashtirildi.

Eron “Soderot” bankining Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahridagi shoʻba bankining tashkiliy-huquqiy shakli “shoʻba” jamiyat shaklidan “aksiyadorlik jamiyati” shakliga, bank nomi “Soderot” bankka hamda joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi munosabati bilan ushbu bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qayta rasmiylashtirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling