O‘zbekiston hukumati davlat idoralarining bayram tadbirlari uchun xarajatlarini chekladi
O‘zbekiston hukumati davlat idoralarining bayram tadbirlari uchun xarajatlarini chekladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston hukumatining tegishli qaroriga asosan davlat idoralariga byudjet hisobidan Yangi yil korporativlarini o‘tkazish taqiqlandi.
Unga ko‘ra, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalariga byudjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ tadbirlar va bayram dasturxonini yozish man etiladi.
Bu taqiq aynan byudjet mablag‘lari va undan tashqari mablag‘larni sarflamaslikka qaratilgan bo‘lib, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘z oylik maoshlari hamda rag‘bat pullari hisobiga ishdan tashqari vaqtlarda Yangi yil bayrami tadbirlarini tashkil etishlari mumkin.
Davlatga qarashli bo‘lmagan tijorat tashkilotlari, xususiy firmalar va kompaniyalar bundan mustasno.