Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila qurbonlariga gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila qurbonlariga gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila qurbonlariga gumanitar yordam yubordi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, xalqimizga xos bag‘rikenglik va hamdardlik ramzi sifatida Kunar va Nangarhor viloyatlari aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi. Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlar ortilgan 300 tonnaga yaqin yuk O‘zbekiston xalqi nomidan Balx viloyatiga yetkazildi.

Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida insonparvarlik yordami topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris hamda ikki tomon rasmiylari ishtirok etdi.

Yuborilgan yordam tarkibidan un, guruch, shakar, tushyonka, makaron va qandolat mahsulotlari, yog‘, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh, qadoqlangan ichimlik suvi, 5 mingta yoping‘ich hamda 10 tonnadan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatilayotgan bunday insonparvarlik yordami uchun chuqur minnatdorlik izhor etdilar.

Avvalroq Afg‘onistonning sharqiy tog‘li hududlarida zilzila oqibatida 2200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani va 3600 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling