Oʻzbekistonda fermerlar uchun "Mening tomorqam" platformasi ishga tushirildi

Oʻzbekistonda fermerlar uchun "Mening tomorqam" platformasi ishga tushirildi

Oʻzbekistonda fermerlar uchun "Mening tomorqam" platformasi ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Uzagrostar xolding” kompaniyasi hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamkorligida “Mening tomorqam” platformasining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir avvalida “Uzagrostar xolding” muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan zamonaviy loyihalar aks etgan videorolik namoyish etildi.

Tadbirda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi direktori F. Muxiddinov hamda “Biznesni tivojlantirish banki” boshqaruvi raisi o‘rinbosari N. Abbosov so'zga chiqib, yangi platformaning imkoniyatlari va ahamiyati to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Ta'kidlandiki, mazkur platforma davlatimiz rahbarining qarori asosida, agrar yo‘nalishda faoliyat yurituvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Tadbir doirasida “Uzagrostar xolding” qoshidagi “Agrostar konsalting” hamda ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda tayyorlangan milliy brend ostidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling