Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Tojikiston ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar va boʻlajak tadbirlar muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nasredin Ismatullo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati hamda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.