Oʻzbekiston va TBC Bank Group raqamli bankchilik va sunʼiy intellekt yechimlarini kengaytirishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va TBC Bank Group raqamli bankchilik va sunʼiy intellekt yechimlarini kengaytirishni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov TBC Bank Group bank guruhi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TBC Bank Group 2020-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda va bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik raqamli bank ekotizimlaridan biri sifatida 5,7 milliondan ortiq oylik faol foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Uchrashuv davomida tomonlar bank-moliya sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildilar. TBC vakillari bankning o‘z sun’iy intellekt infratuzilmasini shakllantirishga, shu jumladan, hisoblash quvvatlarini kengaytirishdan tortib, SpeechTech va LLM texnologiyalari asosidagi yechimlarni ishlab chiqishgacha bo‘lgan tizimli yondashuvini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, bank guruhi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni ishga tushirish va mintaqaviy bozordagi ishtirokini mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.