Valyuta kurslari 19/02/2026
$1 – 12132.48
UZS – -0,04%
€1 – 14360.00
UZS – -0,14%
₽1 – 159.09
UZS – 0,61%
Qidirish
Oʻzbekiston va Serbiya elektrotexnika, mashinasozlik va toʻqimachilik sanoati sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Serbiya elektrotexnika, mashinasozlik va toʻqimachilik sanoati sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Serbiya elektrotexnika, mashinasozlik va toʻqimachilik sanoati sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Serbiya Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot vaziri Andreana Mesarovich bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati va to‘qimachilik sohalarida qo‘shma loyihalarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Muzokaralar davomida Belgradda O‘zbekiston Savdo uyini, shuningdek, O‘zbekistonda Serbiya Savdo uyini ochish tashabbusi ilgari surildi. Bu maydonlar mahsulotlarni ikki mamlakat bozoriga tizimli ravishda olib kirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Serbiyada “Made in Uzbekistan” milliy ekspozitsiyasini tashkil etish va tadbirkorlar o‘rtasida muntazam B2B uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Serbiya Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Kengash doimiy muloqot va amaliy hamkorlik uchun yangi platforma vazifasini bajaradi.

Erishilgan kelishuvlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va tadbirkorlar aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling