Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
Oʻzbekiston va Rossiya sanoat hamkorligi va qoʻshma loyihalarni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Rossiya sanoat hamkorligi va qoʻshma loyihalarni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Rossiya sanoat hamkorligi va qoʻshma loyihalarni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Kirill Lisogorskiy bilan uchrashdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va sanoat sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilib, o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga bo‘lgan o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqladilar.

Shuningdek, yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 13 mlrd AQSh dollariga yetib, 8,4 foizga oshdi. Ijobiy dinamika joriy yilda ham saqlanib qolmoqda: joriy yilning yanvar oyida o‘zaro savdo 37 foizga oshib, 1,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

Uchrashuvda Qo‘shma loyiha ofisining faoliyati, shuningdek, ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasidagi yaqin muvofiqlashtirish alohida qayd etildi.

Shuningdek, 20–22 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 6-Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “INNOPROM. Markaziy Osiyo”ga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi. Mazkur tadbir yangi sanoat kooperatsiyasi tashabbuslarini ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling