Valyuta kurslari 19/02/2026
$1 – 12132.48
UZS – -0,04%
€1 – 14360.00
UZS – -0,14%
₽1 – 159.09
UZS – 0,61%
Qidirish
Oʻzbekiston va Qozogʻiston yadro energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi hamkorlik va Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yadro energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi hamkorlik va Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yadro energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi hamkorlik va Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi loyihasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-fevral kuni "O‘zatom" agentligi direktori A.Axmedxadjayev va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi B.Atamqulov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar tinchlik maqsadlaridagi atom sohasida Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining asosiy jihatlari, Jizzax viloyatida AES loyihasini amalga oshirish hamda mintaqada yadroviy va ekologik xavfsizlik masalalari yuzasidan samarali fikr almashdilar.

Qozog‘iston tomoni O‘zbekistonning Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga qo‘shilishini (2026-yil 7-fevraldan kuchga kirgan) yuqori baholadi. Bu qo‘shni davlatlar uchun muhim huquqiy kafolatlarni yaratishi va O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik standartlariga sodiqligini tasdiqlashi ta’kidlandi.

Kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, radioekologik monitoring, ekologiya va suv masalalari bo‘yicha axborot almashish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda tezkor xabar berish va unga choralar ko‘rish mexanizmlari sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida doimiy ishchi aloqa kanalini shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar atom energetikasi bo‘yicha mintaqaviy kompetensiyalar markazi doirasida hamkorlikni, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari, amaliyotlar va ekspert maslahatini rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

Qozog‘iston Atom energiyasi agentligi vakillarining 2026-yilning III-IV choragida "O‘zatom" agentligiga rejalashtirilgan ishchi tashrifi doirasida muloqotni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Har ikki tomon mintaqaviy energetika xavfsizligini mustahkamlash va barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida ochiqlik, shaffoflik va o‘zaro ishonch tamoyillariga sodiqligini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling