Oʻzbekiston va Pokiston geologiya-qidiruv sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar
Oʻzbekiston va Pokiston geologiya-qidiruv sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Pokiston biznes forumi doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi delegatsiyasi “HRL Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston tajribasini inobatga olgan holda Pokiston hududidagi mis, oltin va o‘ta muhim mineral resurslarga ega konlarda qo‘shma geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida vazir maslahatchisi B.Narmatov, “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ bosh direktori X.Omonov hamda “HRL Group” kompaniyasi vakili tomonidan ikki davlat o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.