Oʻzbekiston va IQVIA klinik sinovlar boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va IQVIA klinik sinovlar boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 20 noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktor Abdulla Azizov va IQVIA kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish, GCP sertifikatlashtirish jarayonlari va regulyator tahlilini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
IQVIA tomoni Yevropa sog‘liqni saqlash maʼlumotlar bazasi (EHDS) bo‘yicha tajribasini taqdim etdi hamda uni milliy tizimga moslashtirish bo‘yicha takliflar berdi. Shuningdek, klinik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari va xalqaro amaliyotlar misolida qiyosiy tahlil o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar klinik tadqiqotlar sohasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tashriflar va o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.