Oʻzbekiston va Anadolu investitsiya tashabbuslarini amalga oshirishni tezlashtirishga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va Anadolu investitsiya tashabbuslarini amalga oshirishni tezlashtirishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-fevral kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Anadolu Group” vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi vakillari, shuningdek, kompaniyaga qarashli “Coca-Cola CCI”ning O‘zbekistondagi loyiha direktori Ezel Agaoglu, “SamAuto” bosh menejeri Fatih Vural va “Coca-Cola Uzbekistan” bosh direktori Furkan Aydın ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va “Anadolu Group” o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati batafsil ko‘rib chiqildi, amalga oshirilayotgan loyihalar tahlil qilindi hamda yaqin istiqboldagi investitsiya tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar mamlakatda qulay investitsiya muhitini yanada mustahkamlash, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Muloqot yakunida hamkorlikni kengaytirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda o‘zaro aloqalarni tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.