Oʻzbekiston Pokistonning Yaqin Sharqda sulhga erishish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi
Oʻzbekiston Pokistonning Yaqin Sharqda sulhga erishish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida TIV rahbari O‘zbekiston Pokiston rahbariyatining sa’y-harakatlarini yuqori baholashini yana bir bor ta’kidlab, Islomobod tomonidan tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tashabbus, jumladan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.
Shuningdek, davom etayotgan diplomatik muloqot va konstruktiv sa’y-harakatlar mintaqa va undan tashqarida barqaror tinchlikni ta’minlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.