Valyuta kurslari 19/05/2025
$1 – 12917.10
UZS – -0,37%
€1 – 14460.69
UZS – -0,44%
₽1 – 160.14
UZS – -0,74%
Qidirish
Iqtisod 17/04/2025 “Navoiyazot” va GIZ zararli gaz chiqindilarini kamaytirish loyihasi ustida ishlamoqda

“Navoiyazot” va GIZ zararli gaz chiqindilarini kamaytirish loyihasi ustida ishlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati vakillari Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari, “Nitrat kislotasi tashlamalari bilan bog‘liq iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish guruhi (NACAG)” mutaxassislari bilan uchrashdilar.

Muloqotda 25-sonli nitrat kislotasi ishlab chiqarish sexidan atmosferaga chiqadigan azot (I) oksidi miqdorini keskin kamaytirishga qaratilgan loyihani amalga oshirish hamda uni moliyalashtirish masalasi muhokama etildi.

Xorijlik mutaxassislar nitrat kislotasini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, bunday hamkorlik chiqindi gazlar miqdorini kamaytirish orqali ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling