Madaniy meros sohasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida memorandum imzolandi
Madaniy meros sohasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida memorandum imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda “Madaniy meros” ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik mamlakatda madaniy merosni asrash, uni ilmiy asosda o‘rganish va undan foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamdir.
Memorandum doirasida madaniy meros sohasida ilmiy-tahliliy materiallar tayyorlash, ekspertlik xulosalarini shakllantirish, parlament nazoratini ilmiy asosda taʼminlash hamda sohadagi dolzarb muammolarga yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik olib boriladi.
Ushbu memorandum madaniy merosni asrab-avaylash, uning ilmiy asosda saqlanishi va kelgusi avlodlarga yetkazilishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.