Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
Janubiy Koreya delegatsiyasi Farg'onadagi korxonalarga tashrif buyurdi

Janubiy Koreya delegatsiyasi Farg'onadagi korxonalarga tashrif buyurdi

Janubiy Koreya delegatsiyasi Farg'onadagi korxonalarga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning Pyontek shahri meri Jong Chang Son boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari viloyatimizga tashrifi davomida sanoat korxonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ularga viloyat hokimi oʼrinbosari Nuriddin Mamajonov hamrohlik qildi.

Jumladan, mehmonlar Fargʼona shahrida joylashgan “Uzsungwoo” qoʼshma korxonasida boʼlib, mahalliylashtirish asosida avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish jarayonlarini koʼzdan kechirdilar.

Mazkur korxonada ishlab chiqarish sexlari eng soʼnggi texnologiyalar asosida toʼliq avtomatlashtirilgan. Unda Schuler, Prima Power, Benteler va Aotto kabi dunyoning yetakchi mashinasozlik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar oʼrnatilgan boʼlib, poʼlat oʼramdan zarur oʼlchamlarni tayyorlash, qizdirib presslash hamda lazer orqali kesish ishlari amalga oshirilmoqda.

Delegatsiya aʼzolariga korxona faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shu kuni koreyalik mehmonlar Fargʼona viloyatidagi yirik sanoat korxonalaridan biri — “Fergana Global Textile” korxonasida ham boʼlib, toʼqimachilik sohasida erishilayotgan ilgʼor natijalar bilan tanishdilar.

Sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, shuningdek, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar koreyalik ishbilarmonlarda viloyatimizga investitsiya kiritishga boʼlgan qiziqishni yanada oshirda muhim oʼringa ega boʼldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling