Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Jahon banki O'zbekistonda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini qo'llab-quvvatlamoqda

Jahon banki O'zbekistonda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini qo'llab-quvvatlamoqda

Jahon banki O'zbekistonda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini qo'llab-quvvatlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha mamlakatning beshta viloyatida, jumladan, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 300 dan ortiq chekka hududlardagi qishloq aholi punktlarida hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Ushbu noyob loyiha qishloq aholisiga o‘z turmush sharoitlarini yaxshilash uchun qaysi asosiy infratuzilma obyektlarini, jumladan, yo‘llar va ko‘priklar, suv va elektr tarmoqlari, maktablar yoki bolalar bog‘chalari kabi obyektlarni qurish yoki modernizatsiya qilish kerakligini mustaqil ravishda aniqlash imkonini beradi.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin yaqinda Farg‘ona vodiysiga tashrifi davomida Pop tumanidagi 3 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan "Uch uyli" mahallasida bo‘ldi. Bu yerda u 150 nafarga yaqin bolaga mo‘ljallangan bolalar bog‘chasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Mahalliy aholi "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi mablag‘larini uni kapital rekonstruksiya qilishga yo‘naltirishga qaror qilgan.

Tadbir doirasida janob Benxasin bolalar bog‘chasi direktoriga ramziy kalitni topshirdi va yangilangan binolarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, u sub-loyiha benefitsiarlari bo‘lmish mahalliy faollar, ota-onalar va bog‘cha xodimlari bilan suhbatlashib, bajarilgan ishlar sifati va natijalari haqida ularning fikrlarini o‘rgandi.

"Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida ajratilgan mablag‘lar evaziga "Uch uyli" mahallasidagi maktablardan birida yopiq futbol maydonchasi ham qurib bitkazildi. Bundan tashqari, mahalla ko‘chalaridan o‘tgan 7 km dan ortiq ichki yo‘llarga asfalt yotqizildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling