Ipoteka Bank OTP Group: 2025-yilning dastlabki to'qqiz oyidagi foyda: 1,2 milliard so'm
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ipoteka bank OTP Group 2025 yilning 9 oyi uchun Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiq moliyaviy natijalarni e’lon qildi. Bankning koʻrsatkichlari foydalilikni oshirish, kredit portfelini kengaytirish va mablagʻlar manbalarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan transformatsiya strategiyasi doirasida izchil oʻsishni namoyon etmoqda.
Asosiy moliyaviy koʻrsatkichlar:
Soliqlardan keyingi sof foyda: 1,195 trln soʻm (ekvivalenti 99 mln AQSh dollari)
Kapital rentabelligi (ROE): 20,4%
Aktivlar rentabelligi (ROA): 3,2%
Xavf qiymati: 0,7%
2025 yil oktabr oyida Ipoteka bank OTP Group muhim natijalarga erishdi — bank 300 mln AQSh dollari va 1,2 trln soʻm miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni muvaffaqiyatli ravishda joylashtirdi. Har ikki emissiyaga bo’lgan talab oshdi, bu esa oʻz navbatida investorlarning bankka boʻlgan ishonchini va uning moliya bozoridagi mustahkam mavqeini namoyon etadi. Ushbu joylashtirishlar bankning moliyaviy resurslarini yanada diversifikatsiya qilishga va kelgusidagi rivojlanish uchun poydevorni mustahkamlashga xizmat qildi.
Ipoteka bank OTP Group oʻzining transformatsiya strategiyasini samarali amalga oshirib, chakana va korporativ kreditlash sohasidagi mavqeini mustahkamlab, zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish orqali barqaror natijalarga erishishda davom etmoqda.
OTP Group doirasida ham 2025 yilning dastlabki toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarga erishildi. Muassasaning soliqlardan keyingi birlashtirilgan foydasi 886 milliard forintga (≈ 2,5 milliard AQSh dollari) yetdi, kapitalning rentabelligi (ROE) esa yil boshida hisoblangan maxsus xarajatlarni hisobga olgan holda 2025 yil uchun 22,7% ga yetdi.
OTP Group moliyaviy jihatdan tarixiy darajada barqarorligini saqlab qolmoqda: Asosiy kapital ulushi (CET1) koeffitsienti belgilangan regulyator talablaridan 50%dan ortiq darajada yuqori boʻlib, bu Guruhning ishonchliligi va barqaror oʻsish strategiyasining samaradorligini namoyon etmoqda. Ushbu natijalar Guruhning bozordagi yetakchi mavqeini va izchil oʻsishga boʻlgan qobiliyatini yana bir karra namoyon etmoqda.