HUMO tashqi provayder orqali firibgarlik urinishlarini aniqladi
HUMO tashqi provayder orqali firibgarlik urinishlarini aniqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — HUMO to'lov tizimi tashqi provayder infratuzilmasidan foydalangan holda amalga oshirilgan firibgarlik urinishlari aniqlangani haqida xabar berdi.
Kompaniyaning ma'lumotlariga ko'ra, firibgarlarlar tomonidan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida chet el to'lov xizmatlari provayderlari infratuzilmasidan foydalanilgan.
Tizimning o'zida xakerlik yoki tashqi aralashuv belgilari yo'q va ioperatsiyalar va protsessing xizmatlari odatdagi rejimda ishlamoqda.
HUMO barcha banklar va xizmatlar mijozlariga karta operatsiyalari tarixini muntazam ravishda tekshirishni, PIN-kodlar va tasdiqlash kodlarini ulashmaslikni va har qanday kichik shubha paydo bo‘lsa, darhol HUMO qo‘llab-quvvatlash xizmatiga +998 71 200 08 88 raqami orqali murojaatqilishni tavsiya qiladi.
HUMO mijozlarni qo'llab-quvvatlash guruhi tranzaksiyalarni monitoring qilishni kuchaytirdi, hamkorlar va vakolatli organlar bilan hodisalar sharoitlarini aniqlash uchun hamkorlik qiladi, firibgarlik xavfini oldini olish va mijozlarni xabardor qilish choralarini kuchaytirmoqda.