Hayot Bank ustav kapitalini 100 mlrd so‘mga oshiriladi
Hayot Bank ustav kapitalini 100 mlrd so‘mga oshiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hayot Bank aksiyadorlik jamiyati o‘z ustav kapitalini 100 mlrd so‘mga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur qaror 2026 yil 16 fevral kuni bo‘lib o‘tgan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan.
Yangi aksiyalar emissiyasi 2026 yil 27 fevral kuni davlat organlari tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Bank nominal qiymati 1 000 so‘mdan bo‘lgan 100 mln dona oddiy aksiya chiqaradi. Ushbu aksiyalar yopiq obuna orqali joylashtiriladi.
Emissiya yakunlanganidan so‘ng Hayot Bank ustav kapitali 650 mlrd so‘mga yetadi.
Bundan avval, 2025 yil oktyabr oyida bank ustav kapitalini 50 mlrd so‘mga oshirib, uni 550 mlrd so‘mga yetkazgan edi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, Hayot Bank 41,2 mlrd so‘m miqdorida sof foyda qayd etgan.