Fuqarolarning so'rovlarini tezkor qabul qilish uchun Telegram boti ishga tushirildi
Fuqarolarning so'rovlarini tezkor qabul qilish uchun Telegram boti ishga tushirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaqin Sharq mamlakatlariga turoperator va turagentlar xizmatlari orqali sayyohlik maqsadida borgan fuqarolarimiz noqulay vaziyatlarda qolib ketishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan maxsus Telegram bot @tourismmurojaatbot ishga tushirildi.
Mazkur bot orqali mamlakatimiz fuqarolari o‘zlari haqida yoki ularning yaqin qarindoshlari tomonidan ma’lumotlarni kiritgan holda Turizm qo‘mitasini xabardor qilishlari mumkin.
Mazkur ma’lumotlar asosida mamlakatimiz fuqarolariga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish choralari ko‘rilishi ma’lum qilinadi.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu bot orqali murojaat qoldirishda aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etishga chaqiramiz.