Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Fitch TBC Uzbekistan reytingini “BB-” darajasida tasdiqladi; prognoz salbiy

Fitch TBC Uzbekistan reytingini “BB-” darajasida tasdiqladi; prognoz salbiy

Fitch TBC Uzbekistan reytingini “BB-” darajasida tasdiqladi; prognoz salbiy

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ”Fitch Ratings” ”TBC Bank Uzbekistan”ning uzoq muddatli emitent defolt reytingini (IDR) salbiy prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi. ”Fitch”, shuningdek, hayotiylik reytingini (VR) "b" darajasida belgiladi.

”Fitch” ilk bor 2024-yil dekabrida ”TBC Uzbekistan” reytingi prognozini salbiyga qayta ko‘rib chiqqan (https://www.fitchratings.com/research/banks/fitch-revises-outlook-on-tbc-uzbekistan-to-negative-affirms-at-bb-13-12-2024) edi. Bu qaror ”TBC Bank”ning 🇬🇪Gruziyadagi bosh kompaniyasining uzoq muddatli qarz reytingi prognozi mamlakat suveren prognozini qayta ko‘rib chiqish natijasida o‘zgarganidan keyin qabul qilingan.

2025 yilning I yarmida bankning risk xarajatlari yuqori riskli mijozlar ulushi va bir martalik xarajatlarning oshishi hisobiga keskin oshdi. ”Fitch” 2025-2026 yillarda ”TBC”ning kreditlarning qadrsizlanishi uchun to'lovlar yuqori bo'lishini kutmoqda.

Yalpi kreditlar 2024-yilda ikki baravar ko‘paydi va kelgusi ikki yil ichida o‘sish sektor o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lib qolishi kutilmoqda, chunki bank kichik va o‘rta biznesni kreditlash faoliyatini kengaytirmoqda.

”TBC”ning muammoli kreditlari darajasi (2024 yil oxiriga ko‘ra: 2,2%) kreditlashning yuqori o‘sishi hisobiga sezilmaydigan darajada bo'lgan. Ekspertlar 2025–2026 yillarda kreditlar yetilishi davom etishi sababli muammoli kreditlar hajmi oshishini kutmoqda. Biroq bank bundan keyin ham muammoli aktivlar uchun zaxiralarni ehtiyotkorlik bilan shakllantirishda davom etadi.

”TBC” 2023 yilda zarar ko‘rmaslik darajasiga chiqdi, 2024 yilda esa yaxshi daromadlilikni namoyish etdi. Operatsion foydaning risk bo‘yicha og‘irlashtirilgan aktivlarga nisbati 3,2% darajasida bo‘ldi.

Barqaror marjalar 2025-2026 yillarda rentabellikni qo'llab-quvvatlaydi, ammo ular risk xarajatlari dinamikasiga va operatsion samaradorlikka sezgir bo'lib qoladi, deyiladi hisobotda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling