Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Farg‘ona viloyatida Turkiya kompaniyasi bilan qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Terminal Yapı ve Ticaret Anonim Şirketi” kompaniyasi rahbari Mexmet Alp Delimollaogluni qabul qildi
Uchrashuvda kompaniya tomonidan viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi bugungi kunda Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha katta maqsadlar belgilanganini, bu jarayonda hamkorlikdagi loyihalar muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.