Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
Farg‘ona viloyati Xitoy investorlari bilan loyihani muhokama qildi

Farg‘ona viloyati Xitoy investorlari bilan loyihani muhokama qildi

Farg‘ona viloyati Xitoy investorlari bilan loyihani muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xiangyang Tenglong Automobile Co., Ltd.” kompaniyasi boshqaruv raisi Van Venszyun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Yozyovon tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyiha muhokama qilindi.

Viloyat hokimi mamlakatimizda investorlar uchun qulay va jozibador muhit yaratilganligi, bu esa yangi loyihalarni ishga tushirilishiga xizmat qilayotganligini bildirdi.

Avvalo, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yuqori sifat talablariga javob berishi muhimligi, bu esa o‘z navbatida eksport imkoniyatlarini yana-da kengaytirishga xizmat qilishiga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi ham alohida ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Uchrashuvda yong‘in o‘chirish, maishiy chiqindilarni tashish uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport vositalari hamda boshqa turdagi texnikalarni ishlab chiqarish, mahalliylashtirish bilan bog‘liq loyihalar xususida ham fikr almashildi.

Bu borada xitoylik investorlarni jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Viloyat hokimi istiqbolli loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, hamkorlikning keyingi bosqichlari yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuvda Yozyovon tumani hokimi Dilshodjon Jalilov ham ishtirok etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling