Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
Fargʻona viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Fargʻona viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Fargʻona viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshirig‘iga muvofiq, hududlarda turizm sohasi vakillari bilan bevosita muloqot o‘rnatish, istiqbolli loyihalarni aniqlash hamda ular asosida hududiy amaliy dasturlarni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A. Aqqulov boshchiligida Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

Xizmat safari doirasida viloyat hokimligi va tegishli idora hamda tashkilotlar vakillari, shuningdek, 45 nafardan ziyod turizm sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar — turoperatorlar, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish obyektlari, transport xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar, dam olish maskanlari hamda madaniy muassasalar rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida Farg‘ona viloyatida 2025-yilda turizm sohasida amalga oshirilgan loyihalar, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar hamda sohaning bugungi holati yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar — turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sayyohlar oqimini oshirish hamda sohada xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar asosida Farg‘ona viloyatida turizmni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha aniq manzilli reja va takliflar shakllantirildi.

Mazkur tashabbuslarning izchil amalga oshirilishi natijasida viloyatning turistik jozibadorligi yanada ortishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda mahalliy aholi daromadlarining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling