Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Chilonzorda “Beshqo‘rg‘on” bozoridagi yong‘in o‘chirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 5 aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozori hududidagi do‘konda yong‘in chiqqanligi haqida xabar kelib tushdi.
Qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga tezkor ravishda yetib keldi. Yong‘inni bartaraf etish jarayonini favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A. Ikramov ham nazorat qildi.
Yong‘in soat 16:53 da lokalizatsiya qilindi, 18:18 da esa to‘liq o‘chirildi. Jabrlanganlar haqida xabarlar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.