Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3698-son, 03.11.2025 y.).

Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Qimmatbaho metallar bilan bog‘liq quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

mijozlar tomonidan o‘lchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotish;

banklar tomonidan o‘lchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan sotib olish orqali sotish va qaytarib sotib olish;

banklar tomonidan qimmatbaho metallarni elektron (jismoniy bo‘lmagan) ko‘rinishda sotish va qaytarib sotib olish.

Bank va mijoz o‘rtasida o‘lchovli oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish bankning mobil ilovasida oferta shartnomasini tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.

To‘lov muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng bankning mobil ilovasida mijoz tomonidan sotib olingan oltin quymaning «maxfiy kod»i aks ettiriladi.

Mijoz sotib olingan o‘lchovli oltin quymalarni bankdan olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda bankning mobil ilovasi orqali kelgan «maxfiy kod»ni taqdim etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling