Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar belgilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom 2025 yil 28 oktyabr kuni Adliya vazirligida 3697-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Bank faoliyatini amalga oshirganiga uch yildan oshmagan banklar I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitali eng kam miqdorining 70 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
I darajali asosiy kapital quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi, jumladan:
qo‘shilgan kapital – oddiy aksiyalar joylashtirilishida ularning nominal qiymatidan yuqori to‘langan summa;
taqsimlanmagan foyda;
o‘tgan yillardagi qoplanmagan zararlar va joriy yil zararlari.
Kredit tavakkalchiligi bankning aktivlari hamda kredit tavakkalchiligi mavjud bo‘lgan balansdan tashqari hisobvaraqlari, shu jumladan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha hisoblanadi.