Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 22/06/2025 Azim Axmedxadjaev SPXIFda: Tinch atom Oʻzbekistonning barqaror taraqqiyoti va texnologik suvereniteti vektori sifatida

Azim Axmedxadjaev SPXIFda: Tinch atom Oʻzbekistonning barqaror taraqqiyoti va texnologik suvereniteti vektori sifatida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugungi kunda atom energetikasi nafaqat global energetika tizimining eng asosiy bo‘g‘ini, balki iqtisodiy o‘sish, ilg‘or va barqaror taraqqiyotning ulkan drayveriga aylandi.

Joriy yilning 20-iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining rasmiy dasturi doirasida bo‘lib o‘tgan "IFTIXOR, ILHOM, ORZU. Atom sanoatining global taraqqiyotdagi o‘rni" sessiyasi aynan shu mavzularga bag‘ishlandi. Tadbirda soha yetakchilari, vazirlar, olimlar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Sessiya ishtirokchilari orasida "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev ham bo‘lib, u O‘zbekiston energetika transformatsiyasida atom energetikasining tutgan o‘rni bo‘yicha strategik qarashlarini bayon qildi. Uning nutqi global atom sektorining kelajagi haqidagi munozaraning muhim mavzusi bo‘lib, bunda barqaror energetikani rivojlantirishda xalqaro hamkorlik, kichik modulli reaktorlar va innovatsion yondashuvlarning ahamiyatini ta’kidladi.

Azim Axmedxadjayev o‘z chiqishida O‘zbekiston nafaqat atom energetikasini rivojlantirishga, balki tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va sanoatda tinch atomdan har tomonlama foydalanishga e’tibor qaratib, texnologik suverenitetning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotganini alohida qayd etdi.

Shuningdek, spiker atom texnologiyalarining noenergetik jihatlariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston yadro tibbiyotini rivojlantirishni boshlamoqda, ya’ni S. Berezin nomidagi tibbiyot instituti bilan hamkorlikda Yadro tibbiyoti markazi tashkil etilishi belgilangan. Bundan tashqari, "Rosatom" bilan hamkorlikda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalari uchun radiatsiyaviy ishlov berish texnologiyalarini rivojlantirish rejalashtirilgan.

Ushbu qadamlar yangi tarmoq ekosistemasini — ilmiy-ishlab chiqarish, ta’lim va texnologik tizimni shakllantirishga qaratilgan.

A. Axmedxadjayev kadrlar salohiyati haqida gapirar ekan, yosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganiga to’xtalib o’tdi. Toshkentda 2019-yildan buyon "MIFI" MTYaU filiali faoliyat yuritib, unda yuzlab talabalar tahsil olmoqda. 400 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar Rossiya va MDHning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda, bitiruvchilar esa nafaqat o‘z vatanida, balki xalqaro loyihalarda — xorijiy atom elektr stansiyalarida ham ishlab kelmoqda.

A. Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, tinch atom — bu yoshlar uchun global ahamiyatga ega kun tartibiga qo‘shilish, muhandislik elitasining bir qismiga aylanish va ilm-fanga asoslangan, yuqori texnologiyali sohalarda o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatidir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling