Asfarma O‘zbekiston bilan farmatsevtika ishlab chiqarishini kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Asfarma O‘zbekiston bilan farmatsevtika ishlab chiqarishini kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 15 yanvar kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Asfarma kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda farmatsevtika hamda tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, biologik faol qo‘shimchalar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida mehmonlarga «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatlari hamda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Uchrashuv konstruktiv va o‘zaro manfaatli ruhda o‘tib, ikki tomonlama hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga bo‘lgan o‘zaro qiziqishni namoyon etdi.