Valyuta kurslari 10/12/2025
$1 – 12003.18
UZS – 0,11%
€1 – 13987.31
UZS – 0,09%
₽1 – 156.68
UZS – -0,8%
Qidirish
Anorbank aksiyalar chiqarishi orqali ustav jamg‘armasini 50 mlrd so‘mga oshiradi

Anorbank aksiyalar chiqarishi orqali ustav jamg‘armasini 50 mlrd so‘mga oshiradi

Anorbank aksiyalar chiqarishi orqali ustav jamg‘armasini 50 mlrd so‘mga oshiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Anorbank aksiyadorlari moliyaviy tashkilotning ustav jamg‘armasini qo‘shimcha oddiy aksiyalarni joylashtirish orqali oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bank maʼlumotlariga ko‘ra, emissiyaning umumiy qiymati 50 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ushbu jarayon doirasida bank har biri 1000 so‘m nominalga ega 50 mln dona oddiy aksiya chiqarishni rejalashtirmoqda.

Aksiyalarni joylashtirish bankning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishi, kapitalizatsiyasini mustahkamlashi va kelgusida rivojlanish hamda strategik tashabbuslarni amalga oshirish uchun asos yaratishi kutilayapti.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling