Abduqodir Husanov mart oyida «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Abduqodir Husanov mart oyida «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Abduqodir Husanov mart oyida «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov mart oyi yakunlariga ko‘ra Angliyaning «Manchester Siti» klubida eng yaxshi o‘yinchi deb topildi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi raqobatchilar — Rodri va Jeremi Dokudan ishonchli tarzda ustun keldi.

Klubda taʼkidlanishicha, Husanov ajoyib oy o‘tkazib, yuqori fidoyilik namoyon etgan va himoyadagi faol o‘yini orqali muxlislar sevimlilaridan biriga aylangan.

Husanov uchun bu 2026 yildagi ikkinchi Etihad Player of the Month mukofoti bo‘ldi: u bundan avval yanvar oyida ham jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi deb eʼtirof etilgan edi.

Joriy mavsumda Husanov «Manchester Siti» safida 21 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ularning 15 tasi Angliya Premyer-ligasida, 5 tasi Chempionlar ligasida va 1 tasi kubok o‘yinlarida bo‘lib, u maydonda jami 800 daqiqadan ortiq vaqt o‘tkazgan.

 

#Abduqodir Husanov  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling