34 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Turkiyaga bordi

34 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Turkiyaga bordi

34 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Turkiyaga bordi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil boshidan buyon 34 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga tashrif buyurdi.

2026 yil boshidan Turkiyaga 34 634 nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Joriy yil yanvar–fevral oylaridagi ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 ming kishiga ko‘p bo‘lib, yo‘nalishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Safarlarning asosiy qismi turistik maqsadlarga to‘g‘ri kelgan — 28 416 nafar fuqaro sayyohlik uchun Turkiyaga borgan. Shuningdek, 5 364 nafar o‘zbekistonlik qarindoshlarini ziyorat qilish uchun safar qilgan.

Bundan tashqari, 311 nafar fuqaro xizmat safari bilan, 300 nafar o‘qish maqsadida, yana 243 nafar esa davolanish uchun Turkiyaga yo‘l olgan.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling