Valyuta kurslari 29/12/2025
$1 – 12057.32
UZS – -0,18%
€1 – 14192.67
UZS – -0,29%
₽1 – 155.16
UZS – -0,05%
Qidirish
“2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi taʼminlanadi

“2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi taʼminlanadi

“2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi taʼminlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasining “2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: 2026 yilda 2-darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari;

2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari;

2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari prognozi;

2026 yilda foyda va qo‘shilgan qiymat soliqlari to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati.

Quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetida quyidagi miqdorlarda qoldiriladi: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘liq hajmda, foyda solig‘i to‘liq hajmda, QQS bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi.

2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

Byudjet tashkilotlari bo‘yicha: byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,0 foiz, Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 1,2 foiz, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,4 foizb O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz.

Boshqa to‘lovchilar bo‘yicha: byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 95,9 foiz, Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 2,5 foiz, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,8 foiz, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

2026 yil 1 yanvardan quyidagi summalar 2025 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim:

uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, ommaviy baholashdan o‘tkazilgan obyektlarga 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi;

uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan

yer uchastkalarida jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling