Valyuta kurslari 24/12/2025
$1 – 12052.33
UZS – 0,35%
€1 – 14213.31
UZS – 0,89%
₽1 – 153.71
UZS – 1,63%
Qidirish
Zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan zo‘ravonlik natijasida oilasidan olingan va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Professional tutingan oilani tashkil etishga nomzodlar bolalardagi zo‘ravonlik natijasida olingan ruhiy jarohatning salbiy taʼsirini kamaytirish, xulq-atvoridagi og‘ishishlar va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-

Zo‘ravonlik natijasida oilasidan olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar professional tutingan oilaga “Inson” markazlari va mazkur oilalar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida joylashtiriladi.

Professional tutingan oilaga har bir joylashtirilgan bolani parvarishlash uchun har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida mablag‘ to‘lab boriladi.

Bunday oilaga joylashtirilgan har bir bolaning yashash xarajatlari uchun qonunchilikka muvofiq oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining yashash xarajatlari uchun belgilangan miqdorlarda mablag‘ ajratiladi.

2026 yil 1 sentyabrdan: zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga va zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga ular tegishli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan eʼtiboran davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi;

zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning dastlabki ko‘rsatuvlari majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi;

taʼlim, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq aniqlangan faktlar haqida xabar bermaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etiladi.

2026 yil 1 martdan “Inson” markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ota-onalari uchun “mehrli oila” xizmati tashkil etiladi.

“Mehrli oila” xizmatiga ota-onalar Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining qarori asosida jalb qilinadi.

“Mehrli oila” xizmatiga jalb qilingan ota-onalarga farzandlarining oilasi bilan buzilgan munosabatlarni tiklash va ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashish uchun “oilaviy terapiya” xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar ayrim belgilangan taʼlim tashkilotlariga Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi qaroriga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligining yo‘llanmasiga muvofiq joylashtirilishi mumkin.

Bunda yo‘llanma asosida yuboriladigan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar taʼlim tashkilotlariga bepul asosda, sinovlar va qo‘shimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Shuningdek, har o‘quv yili yakunida vazirlik va idoralar tomonidan tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining qabul kvotasini tasdiqlashda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun 5 foizgacha qo‘shimcha kvota ajratiladi.

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklanadi:

bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rilayotgan choralarning natijadorligini o‘rganish;

qo‘shimcha kvota asosida taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalarning xulq-atvori va o‘zlashtirishini tahlil qilish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling