Valyuta kurslari 14/01/2026
$1 – 12048.04
UZS – -0,42%
€1 – 14062.47
UZS – -0,51%
₽1 – 153.28
UZS – -0,35%
Qidirish
“Zomin kozon patri” Oʻzbekistonda geografik koʻrsatkich maqomini oldi

“Zomin kozon patri” Oʻzbekistonda geografik koʻrsatkich maqomini oldi

“Zomin kozon patri” Oʻzbekistonda geografik koʻrsatkich maqomini oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi tomonidan Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va sariyog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Endi “Zomin qozon patiri” O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling