Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Zira Fest 2025: Biznes va mazali ta’mlar uchun xalqaro gastroplatforma

Zira Fest 2025: Biznes va mazali ta’mlar uchun xalqaro gastroplatforma

Zira Fest 2025: Biznes va mazali ta’mlar uchun xalqaro gastroplatforma

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 30-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar “O‘zekspomarkaz” pavilyonida mintaqaning oshpazlik va oziq-ovqat sanoatidagi yirik tadbirlaridan biri – Zira Fest xalqaro gastronomik festivali o‘tkazilmoqda. Festival 100 dan ortiq kompaniyalar va dunyoning yetakchi gastronomik brendlarini birlashtirib, ishbilarmonlik muloqoti, tajriba almashish va yangi bozorlarga chiqish uchun platforma yaratadi.

Festival doirasida 30-50 ta savdo do‘konlari ishtirokida gastronomik yarmarka, shuningdek, ochiq osmon ostidagi fudtraklar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda, u yerda ajoyib taomlar taklif etilgan. Mehmonlar ko‘ngilochar shoular, konsertlar, shuningdek, Italiya va MDH mamlakatlari oshpazlarining mahorat darslariga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Yarmarka ishtirokchilari orasida UzRice sholichilik agroklasteri ham bo‘lib, u guruchning qo‘ng‘ir, dumaloq donli va basmati kabi an’anaviy navlaridan tashqari 18 dan ortiq yorma va dukkakli mahsulotlarini taqdim etyapti.

“Zira Festda ishtirok etish UzRice kabi ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z mahsulotlarini keng ommaga taqdim etish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, mijozlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr-mulohaza olish va eksport bozorlariga chiqish uchun ajoyib imkoniyatdir. Biz yangi hamkorlarni topdik va bir qator kelishuvlarga erishdik, ayniqsa, ilgari hamkorlik o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagan turli viloyatlarimizdan kelgan kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatish ayni muddao bo‘ldi”, – deydi brend asoschisi Ibrohim Muratov.

Zira Fest festivali milliy mahsulotlarga bo‘lgan katta qiziqishni namoyish etib, mintaqada ekologik toza, sifatli va xilma-xil ovqatlanish tarzini rivojlantirish an’anasini yanada kuchaytiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling