Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi

Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi

Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarordan ko‘zlangan maqsad, zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘maklashish hamda aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi PQ–452-son qarorining 2-bandiga muvofiq qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029 yil 1 fevralga qadar uzaytirildi.

2026 yil 1 fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha mezonlar inobatga olinadi:

yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan zargarlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilgani va ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;

zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘lishi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling