Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
YXHTning davra suhbati mediasavodxonlik yoshlarni radikallashuvdan qanday himoya qilishi mumkinligini ko‘rsatdi

YXHTning davra suhbati mediasavodxonlik yoshlarni radikallashuvdan qanday himoya qilishi mumkinligini ko‘rsatdi

YXHTning davra suhbati mediasavodxonlik yoshlarni radikallashuvdan qanday himoya qilishi mumkinligini ko‘rsatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-5 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy YXHT davra suhbati yoshlar orasida radikallashuv va zo‘ravonlikka olib boruvchi ekstremizmning oldini olishda media savodxonlikning muhim ahamiyatini ko‘rsatdi.

Unda jurnalistlar, fuqarolik jamiyati vakillari va mutaxassislar yoshlarning onlayn axborotni tanqidiy tahlil qilishiga yordam beruvchi amaliy yondashuvlar - radikal yoki zo‘ravon g‘oyalarni rad etuvchi narrativlar yaratishdan tortib sun’iy intellekt asosidagi vositalargacha - bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirda, shuningdek, ayollarni himoya qilish va ularni kuchaytirishga xizmat qiluvchi gender sezgir strategiyalar alohida ta’kidlandi. Shunday qilib, ongli va mas’uliyatli axborot maydonida faol bo‘lish jamiyatda haqiqiy o‘zgarishlarga turtki bo‘lishi mumkinligi yaqqol ko‘rsatildi.

Tadbir YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida tashkil etildi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jurnalistlar, fuqarolik jamiyati faollari, yosh mutaxassislar va tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar mintaqadagi muvaffaqiyatli tashabbuslar, faktlarni tekshirishning amaliy usullari hamda axloqiy jurnalistika tamoyillarini muhokama qildilar. Shuningdek, media va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlik yoshlarning turli tahdidlarga nisbatan bardoshliligini qanday kuchaytirishi mumkinligi haqida fikr almashildi. Noto‘g‘ri axborot va zararli onlayn mazmunga qarshi kurashish uchun yangi vositalar ham taqdim etildi. Tadbir doirasida zo‘ravon ekstremizm va terrorizmning oldini olish bo‘yicha tajriba hamda ilg‘or amaliyotlarni almashishda davom etadigan mintaqaviy ekspertlar tarmog‘i ham yo‘lga qo‘yildi.

“Bugungi raqamli dunyoda haqiqatni noto‘g‘ri axborotdan ajratish tobora qiyinlashib bormoqda. Internetdan eng faol foydalanuvchi qatlam sifatida yoshlar aynan soxta axborotga eng ko‘p ta’sirchan hisoblanadi. Shu bois media savodxonlik ularni himoya qiluvchi qalqon bo‘lib xizmat qilishi kerak. Agar yoshlar tanqidiy fikrlash madaniyatini o‘z oilasi va do‘stlari orasida ham shakllantira olsalar, bu butun jamiyatning bardoshliligini kuchaytiradi,” - dedi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen.

Davra suhbati davomida ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar, blogerlar va sun’iy intellekt tomonidan yaratilayotgan kontent yoshlarning dunyoqarashiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan jonli munozaralar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar, bu jarayonlarni tushunish yoshlar orasida profilaktika strategiyalarini samarali ishlab chiqish va yoshlar uchun haqiqatan ham muhim va tushunarli mazmun yaratishda juda muhim ekaniga kelishib oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar yoshlar bilan ishlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va xavfsiz media amaliyotlarini targ‘ib qilishda yordam beradigan amaliy vositalar, foydali strategiyalar va yangi aloqalarni qo‘lga kiritdilar.

Ta’kidlash joizki, avval YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida O‘zbekistonning turli hududlarida media savodxonligi bo‘yicha treninglar tashkil etilgan edi. Ushbu kurslar jurnalistlar va blogerlarda noto‘g‘ri axborotni aniqlash, soxta yangiliklarni tahlil qilish va mazmun orqali ijtimoiy mas’uliyatni targ‘ib qilish ko‘nikmalarini oshirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling