Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 21/08/2025 YXHT Urganchda yoshlar uchun mediasavodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazdi

YXHT Urganchda yoshlar uchun mediasavodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 19-20 avgust kunlari Urganch shahrida "Yoshlar media savodxonligi – radikallashuv va terrorizmga qarshi kurashishda samarali vosita" mavzusida ikki kunlik trening  o’tkazildi. Tadbir YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori loyihasining ijrochi hamkori bo‘lgan O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ko‘magida tashkil etildi.

Treningda jurnalistlar, blogerlar va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlash ko‘nikmalar-ni mustahkamlashga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga mas’uliyatli yondashuvni targ‘ib qilishga qaratilgan bo’lib, ishtirokchilar destruktiv kontentga qarshi kurashishda tanqidiy fikrlash, faktlarni tekshirish, shuningdek, raqamli vositalardan foydalanish va kiberxavfsizlikni ta’minlashning ahamiyatini muhokama qildilar. Amaliy sessiyalar davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori, elchi Antti Kartunen ochilish so‘zida raqamli davrda yoshlar o‘rtasida mediasavodxonlikning muhimligini ta’kidladi: "Mediasavodxonlikni rivojlantirish - bu nafaqat soxta yangiliklarni aniqlash qobiliyati, balki tanqidiy fikrlash va har qanday yoshda har qanday manbadan olingan ma’lumotlarga mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishdir," - dedi Antti Kartunen.

Shuningdek, elchi Antti Kartunen YXHTning terrorizm va radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli yondashuvini va uning doirasida media savodxonligi profilaktika choralarining muhim elementi sifatida qaralishini ta’kidladi. Ushbu yondashuv inson huquqlarini hurmat qilish, qonun ustuvorligi tamoyillari va davlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi inklyuziv hamkorlikka asoslangan b’olib, bular xabardor va ekstremistik g‘oyalarga qarshi tura oladigan yoshlarni tarbiyalashning asosiy elementlaridir.

Trening YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatorning harbiy-siyosiy yo’nalish doirasida terrorizmga qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihasi doirasida amalga oshirildi. Tadbir yoshlar uchun yanada xavfsiz va xabardor raqamli muhit yaratish maqsadida mamlakatning turli hududlarida o‘tkazilayotgan bir qator tashabbuslarning bir qismi bo‘ldi. Bunday treninglar O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham o‘tkaziladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling