Valyuta kurslari 17/09/2025
$1 – 12285.16
UZS – -0,48%
€1 – 14514.92
UZS – 0,09%
₽1 – 148.62
UZS – -0,72%
Qidirish
YXHT Qoraqalpog‘iston ayollarining raqamli marketing ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashmoqda

YXHT Qoraqalpog‘iston ayollarining raqamli marketing ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashmoqda

YXHT Qoraqalpog‘iston ayollarining raqamli marketing ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonning 150 dan ortiq xotin-qizlari IT va kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshirdilar. Shuningdek, elektron tijorat va raqamli marketing ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar.

Bunday tashabbus raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, o‘z tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. Nukus va qo‘shni tumanlar ayollari ishtirok etgan treninglar Qoraqalpog‘iston poytaxtidagi zamonaviy va dinamik rivojlanayotgan IT-Park Uzbekistan filialida taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

Bu YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan 2022-yildan buyon IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan to‘rtinchi tashabbusdir. O’tgan vaqt davomida mamlakatimiz turli hududlarida 500 dan ortiq xotin-qizlar o‘qitildi.

"Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish YXHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Raqamli ko‘nikmalarga o‘qitish ayollarga ham shaxshiy, ham kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim qiladi hamda hududlarning barqaror rivojlanishiga, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadi," - dedi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen.

Dastur ishtirokchilari berilgan imkoniyatni yuqori baholadi.

"Men uchun bu trening haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. Ilgari kompyuterdan deyarli foydalanmasdim, endi esa raqamli vositalarni ishonch bilan o‘zlashtiryapman, onlayn savdo qilishni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali tovarlarni ilgari surishni o‘rgandim. Bunday tashabbuslar xotin-qizlarimiz salohiyatini amalga oshirishga yangi imkoniyatlar berayotgani ayniqsa ahamiyatlidir. Trening menga nafaqat bilim, balki o‘z tadbirkorligimni rivojlantirish va kelajakda boshqa ayollarga ish o‘rinlarini yaratish uchun motivatsiya berdi," - dedi trening ishtirokchisi Mehrinur Uzakbayeva.

Bunday tashabbuslar misolida maqsadli ko’mak va sifatli ta’lim ayollarga barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga qanday yordam berishini ko‘rsatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling