Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
Iqtisod 19/08/2025 Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish qo‘llab-quvvatlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha respublikaga olib kiriladigan polietilen granulalari uchun aksiz solig‘i 2025 yil 1 sentyabrdan 2028 yil 1 yanvargacha nol stavkada qo‘llanadi.

2028 yil 1 yanvargacha ayrim etilen polimerlarining birlamchi shakllari (TIF TN kodi 3901 10 900 0, 3901 30, 3901 40) va propilen polimerlarining birlamchi shakllarini (TIF TN kodi 3902 10 000 0) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadi.

Shuningdek, mamlakatga sifatsiz kontrafakt egiluvchan qadoqlar importining oldini olish (eks-offitsio prinsipi asosida) choralari ko‘riladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling