Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek va Olmazorda “Sokin” podstansiyasida sodir bo‘lgan avariya elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Soat 21:00 da Toshkent shahridagi “Sokin” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Buning natijasida Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.