“Yunus Textile” va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Pokiston Islom Respublikasining Karachi shahriga tashrifi doirasidagi navbatdagi manzil — mamlakat sanoatining yetakchilaridan biri bo‘lgan Yunus Textile (Taba group) korxonasi bo‘ldi.
Yunus Textile 1962 yilda tashkil etilgan bo'lib, o'z faoliyatini gazlamalar savdosidan boshlagan. Bugungi kunda Pokistonning eng yirik sanoat guruhlaridan biri bo`lib yillik aylanma hajmi: 2.9 milliard AQSH dollaridan oshadi
Asosiy yo‘nalishlari: Qurilish va infratuzilma, To‘qimachilik (Lucky Textile Mills), Sement (Lucky Cement), Ko‘chmas mulk (LuckyOne Mall), Energetika, avtomobil sanoati (Kia, Samsung bilan hamkorlik)
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati hayratlanarli: 40 ming tonnadan ortiq ip-kalava, 180 million kvadrat metr mato va qariyb 300 million dollarlik eksport. Korxonada 10 mingdan ortiq kishi ishlaydi, kompaniyaning AQSh, Afrika va Turkiyada vakolatxonalari mavjud.
Yunus Textile faoliyatining muhim tarkibiy qismi ekologik yondashuv:dir: bo‘yash jarayonidan so‘ng chiqindi suvning 77 foizi tozalanadi va qayta ishlatiladi.
Tashrif davomida O‘zbekiston to'qimachilk bozori bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi rahbariyati tomonidan mamlakatimiz to‘qimachilik sanoati haqida batafsil ma’lumot berilib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida korxona va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.