Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
YUNISEF va O‘zbekiston Afg‘onistonda gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

YUNISEF va O‘zbekiston Afg‘onistonda gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

YUNISEF va O‘zbekiston Afg‘onistonda gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning Afg‘onistondagi YUNISEF vakolatxonasi rahbari Tojiddin Oyvali hamda ushbu tashkilotning O‘zbekistondagi rahbari Rexina Kastijio bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilib, Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik va ijtimoiy yordam ko‘rsatishda O‘zbekistonning o‘rni hamda ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Tojiddin Oyvali Termiz shahrida yaratilgan transport-logistika infratuzilmasining imkoniyatlarini yuqori baholab, Afg‘oniston xalqiga gumanitar yuklarni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston, xususan “Termiz kargo markazi” bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

YUNISEF vakillari O‘zbekiston rahbariyatiga tashkilot faoliyatiga ko‘rsatilayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shni Afg‘oniston xalqi haqidagi izchil g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor etdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasi BMTning insonparvarlik institutlari yuklarini yetkazib berish uchun ishonchli gumanitar yo‘lak bo‘lib xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling